Foydalanish shartlari
Platformadan foydalanish qoidalari va pullik xizmatlar shartlari (ommaviy oferta).
Kuchga kirgan sana: 23.11.2026
1. Shartlarni qabul qilish
Ushbu shartlar ustozland.uz platformasidan (keyingi o'rinlarda — Platforma) foydalanish qoidalarini belgilaydi. Ro'yxatdan o'tish yoki Platformadan foydalanish orqali siz ushbu shartlarga va Maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.
2. Xizmat
Platforma DTM, Milliy sertifikat, IELTS, TOPIK va boshqa imtihonlarga tayyorgarlik uchun onlayn mock imtihonlar, avtomatik baholash va natijalar tahlilini taqdim etadi. Platforma natijalari va natija varaqalari tayyorgarlik darajasini ko'rsatadi va davlat tomonidan beriladigan rasmiy sertifikat o'rnini bosmaydi.
3. Hisob
Login va parolingizni boshqalarga bermang — hisobingizdagi harakatlar uchun o'zingiz javobgarsiz. Bir vaqtning o'zida bitta hisobdan faqat bitta imtihon topshirish mumkin. Ma'lumotlaringizni to'g'ri kiriting.
4. Taqiqlangan harakatlar
- Imtihon paytida boshqalar yordamidan yoki taqiqlangan manbalardan foydalanish.
- Savollar, javoblar va materiallarni nusxalab tarqatish.
- Avtomatlashtirilgan dasturlar (bot, skript) yordamida foydalanish.
- Platforma himoyasini chetlab o'tish yoki uning ishini buzishga urinish.
- Boshqa shaxsning hisobidan foydalanish.
5. Materiallar
Savollar, matnlar, audio va boshqa materiallar Platformaga yoki ularning mualliflariga tegishli va faqat shaxsiy tayyorgarlik uchun ishlatilishi mumkin.
6. Pullik xizmatlar (ommaviy oferta)
Ayrim xizmatlar pullik va ichki birlik — coin bilan to'lanadi (1 coin = 1 000 so'm). Coin paketlari narxi va har bir imtihon necha coin turishi saytdagi «Narxlar» sahifasida e'lon qilinadi. To'lov Payme yoki Click orqali amalga oshiriladi va tasdiqlangach coin hisobingizga tushadi; onlayn to'lov ulanmagan paytda to'lov Telegram botimiz orqali administrator bilan kelishiladi va administrator tasdiqlagach coin qo'lda qo'shiladi. To'lovni amalga oshirish ushbu shartlarni qabul qilish (ommaviy oferta aksepti) hisoblanadi. Sotib olingan coin 12 oy, bonus coin (ro'yxatdan o'tganda, do'st taklifi uchun, administrator yoki tashkilot bergan) 60 kun amal qiladi; muddati o'tgan coin yonadi. Coin imtihon boshlanganda band qilinadi va imtihon topshirilganda yechiladi; imtihon boshlanmay yopilsa yoki texnik xato tufayli bekor qilinsa, coin qaytadi. Coin pulga almashtirilmaydi va boshqa foydalanuvchiga o'tkazilmaydi; avtomatik yechib olish yo'q. Payme yoki Click orqali qilingan to'lov qaytarilmaydi. Ikki istisno bor — tashkilot adashib boshqa hisobdan o'tkazgan pul va texnik xato tufayli bitta to'lov uchun ikki marta yechilgan pul: ular tekshiruvdan keyin qo'lda qaytariladi (batafsil «Qaytarish siyosati»da). O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida majburiy qilingan hollar bundan mustasno. Sotib olishdan oldin ro'yxatdan o'tganda beriladigan bonus coin bilan sinab ko'rish tavsiya etiladi.
7. Hisobni cheklash
Shartlar buzilsa, Platforma hisobni cheklashi yoki bloklashi, buzilish bilan olingan natijalarni bekor qilishi mumkin.
8. Javobgarlik
Platforma uzluksiz ishlashga harakat qiladi, lekin texnik uzilishlar, internet muammolari yoki uchinchi tomon xizmatlaridagi nosozliklar uchun javobgar emas. Imtihon paytida aloqa uzilsa, javoblar avtomatik saqlanadi.
9. O'zgarishlar va nizolar
Shartlar o'zgarsa, yangi tahrir shu sahifada sanasi bilan e'lon qilinadi; shundan keyin foydalanishni davom ettirish yangi tahrirga rozilikni bildiradi. Nizolar O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq hal qilinadi.